Har bir xona.Har bir jihoz.Har bir so'rov.
Invenza — universitet va maktablar uchun tizim. Har bir jihozga QR stiker yopishtiriladi va shu orqali inventarizatsiya, nosozliklar, talabnomalar va ombor bitta joyda boshqariladi.
Tanish holatmi?
Qog'oz, og'zaki gap va Telegram guruh — muassasa uchun yetarli emas
Jihozlar hisobi, nosozliklar, talabnomalar va ombor ko'pincha alohida-alohida, qo'lda yuritiladi. Natijada har yili bir xil muammolar takrorlanadi.
Bitta QR stiker — to'rt yo'nalish
Muassasaning kundalik ishi bitta tizimda
Xona bo'yicha sanoq — haftalar emas, daqiqalar
Xonani tanlaysiz, tizim u yerda nechta jihoz bo'lishi kerakligini ko'rsatadi. Har bir QR skanerlanganda natija darhol rang bilan belgilanadi.
- Excel'dan importMavjud ro'yxatingiz tizimga ko'chiriladi
- QR stikerStiker printerda, orqasi yopishqoq yorliq chiqariladi
- SkanerlashXonama-xona telefon yoki skaner bilan
- Tayyor hisobotTopilmagan va joyi xato jihozlar — PDF va Excel
Interfeys namunasi
Nosozlik 20 soniyada xabar qilinadi
Xonaga mas'ul o'qituvchi buzilgan jihozdagi QR'ni skanerlaydi va rasm yuboradi. Ilova o'rnatish shart emas.
- QR skanerlashJihoz avtomatik aniqlanadi
- Rasm va izohNima buzilgani suratga olinadi
- Usta oladiXabar darhol ustaga ko'rinadi
- TuzatildiUsta ta'mirlaydi yoki almashtiradi
- TasdiqlandiO'qituvchi jihoz ishlayotganini tasdiqlaydi
Ishonchli nazorat: o'qituvchi tasdiqlamaguncha nosozlik yopilmaydi. Rahbar esa har bir jihoz necha kundan beri nosoz ekanini ko'radi.
Interfeys namunasi
Talabnoma kabinetma-kabinet yurmaydi
Yillik kanselyariya ta'minoti ham, yil davomidagi kichik so'rovlar ham — masalan, A4 qog'oz tugaganda — bitta tartibda, onlayn yuritiladi.
- Kafedra yuboradiNima va qancha kerakligi yoziladi
- Dekan tasdiqlaydiBir bosishda tasdiqlash yoki rad etish
- Ta'minotchi belgilaydiOmborda bor — olib ketish mumkin
- Kafedra oladiVakil "oldim" deb belgilaydi
- Hisobga tushadiKim, qachon, qancha olgani saqlanadi
Interfeys namunasi
Har bir so'm va har bir dona — hisobda
Har bir jihozning xarid narxi tizimda saqlanadi. Ta'minotchi omborga kirimni o'z profilidan qiladi, rahbar esa barcha harakatlarni so'mda ko'radi.
- KirimTa'minotchi nima, qancha va qanchaga kelganini kiritadi
- QoldiqOmborda nima qolgani o'z profilida ko'rinadi
- BerishTalabnoma bo'yicha kafedraga beriladi
Rahbar uchun shaffoflik: jami mulk qiymati, qancha summalik kirim bo'lgani va kimga qancha berilgani — barcha harakatlar o'chirilmaydigan tarixda.
Interfeys namunasi
Kimlar uchun
Har bir bo'lim o'z ishini ko'radi
Rahbariyat
- Jami mulk qiymati va har bir kirim so'mda
- Qaysi jihoz necha kundan beri nosoz
- Tekshiruvlarga doim tayyor hisobot
Dekanat
- Talabnomalarni onlayn ko'rib chiqadi
- Bir bosishda tasdiqlaydi
- Kafedralar ehtiyoji aniq ko'rinadi
Xo'jalik va ta'minot
- Ombor qoldig'i o'z profilida, kirim qiladi
- Nosozliklar ustalar o'rtasida taqsimlanadi
- Inventarizatsiya soatlar ichida
O'qituvchi va kafedra
- Nosozlikni QR orqali rasm bilan yuboradi
- Talabnomani qog'ozsiz yuboradi
- So'rov qaysi bosqichdaligini ko'radi
Nega Invenza
Interfeys va hisobotlar xodimlarga tushunarli tilda. Rus va ingliz tillari ham bor.
QR telefonning oddiy kamerasi bilan ochiladi. O'qituvchi uchun parol eslab qolish kerak emas.
Mavjud ro'yxatingiz yo'qolmaydi — tizimga ko'chirishda yordam beramiz.
Har bir ko'chirish, kirim va tasdiq kim tomonidan, qachon qilingani saqlanadi. Ma'lumotlar har kuni zaxiralanadi.
Birinchi hamkorlar dasturi
Invenza'ni birinchilardan bo'lib sinab ko'ring
Invenza hozir ishlab chiqilmoqda. Biz uni ta'lim muassasalarining haqiqiy ehtiyojlari asosida quryapmiz, shuning uchun birinchi hamkorlarga alohida shartlar taklif qilamiz. Sizdan atigi 20–30 daqiqalik suhbat kerak.
Suhbatga yozilishKo'p beriladigan savollar
QR stikerlar qanday chiqariladi?
Stikerlar maxsus yorliq printerida, orqasi yopishqoq yorliq qog'oziga chiqariladi. Har birida jihoz nomi, inventar raqami va noyob QR kod bo'ladi. Jihozda yillab turishi uchun chidamli yorliq ishlatishni tavsiya qilamiz.
Xodimlar ilova o'rnatishi kerakmi?
Yo'q. QR telefonning oddiy kamerasi bilan skanerlanadi va kerakli sahifa ochiladi. Nosozlik xabari bir necha soniyada yuboriladi.
Hozirgi Excel ro'yxatimiz nima bo'ladi?
Ro'yxatingiz tizimga import qilinadi: jihozlar, xonalar, mas'ul shaxslar va xarid narxlari. Xatoli qatorlar yo'qolib ketmaydi — ular alohida ko'rsatiladi.
Ma'lumotlar qayerda saqlanadi?
Ma'lumotlar serverda saqlanadi va har kuni zaxira nusxasi olinadi. Har bir foydalanuvchi faqat o'z vazifasiga tegishli ma'lumotlarni ko'radi.
Tizim qachon tayyor bo'ladi?
Invenza hozir ishlab chiqilmoqda. Birinchi hamkor muassasalar bilan pilot o'tkaziladi va tizim ularning fikri asosida takomillashtiriladi.
Bog'lanish
Muassasangizda qanday ishlashini birga ko'rib chiqamiz
Qo'ng'iroq qiling yoki yozing — qulay vaqtda uchrashuv belgilaymiz.